]
“Jamoaviy murojaatlar” (petitsiya) institutini joriy etish taklifi berilmoqda
24.09.2017 | Ko`rilgan: 353

23-sentabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-yilda amalga oshirilgan ishlarning dastlabki sarhisobiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirok etdilar.

“Davra suhbati” Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishiga bag'ishlanib, shu qunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda 2018-yil davlat dasturi loyihasi uchun takliflar bag'ishlandi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili K. Muxsinov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fuqarolar bilan ishlash bo'yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “jamoaviy murojaatlar” (petitsiya) institutini joriy etish va maxsus qo'mitalar tuzish hamda “Volonterlik faoliyati to'g'risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi berilganligi ma'lum qilindi.

Shuningdek, kelgusi yilda Harakatlar strategiyasi doirasida deputatlar faoliyati yanada oshirish, xususan, murojaat etuvchi fuqaro deputatning ish grafigi va u bilan bog'lanish bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishi uchun alohida xona (idora) hamda "ishonch telefonlari" bilan ta'minlanishi taklifi berildi.