]
Harakatlar strategiyasini o‘rganish haftaligi
02.05.2017 | Ko`rilgan: 219

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shu yilning 1-5 may kunlari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyatini o‘rganish va targ‘ib qilish, belgilangan vazifalar izchil ijrosini ta'minlashga yo‘naltirilgan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi. 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan haftalik doirasida universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutaxassislari, vazirliklar, tashkilotlar, idoralar va qo‘mitalar xodimlari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati haqidagi taqdimotlar o‘tkazildi, ijtimoiy roliklar havola etildi va savollarga javob qaytarildi.

5 kun davom etgan haftalik davomida Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi,  shuningdek mazkur yo‘nalishdan kelib chiqqan holda, ma'sul vazirlik va idora vakillari taklif etildi. Misol uchun, iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Haftalik doirasidagi ilk tadbirda universitetning iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va boshqa tashkilotlar mutaxassislari Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularning ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.