]
USAID VA "TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI: KELGUSI HAMKORLIK BO'YICHA MULOQOT
28.09.2017 | Ko`rilgan: 355

Bugun, 28-sentabr kuni, "Taraqqiyot strategiyasi" markazida  AQSH xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Harakatlar strategiyasi va Markaz faoliyati taqdimoti o'tkazilib, hamkorlik yo'nalishlari kelishib olindi. Xususan, hududiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha takliflar bildirildi. 

Uchrashuv davomida aholi madaniyatini oshirish, OAVni yanada faollashtirish, davlat idoralarining ochiqligini ta'minlash kabi qator loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.    

USAID - Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat ma'muriyatining xorijda yordam ko'rsatish bo'yicha markaziy organidir. Agentlik ma'muriyati boshlig'i va uning o'rinbosari mamlakat prezidenti tomonidan Senat bilan maslahatlashgan holda tayinlanadi va uning faoliyatini AQSH davlat kotibi yo'naltirib turadi. Agentlikning Markaziy Osiyodagi faoliyati mintaqadagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.