]
TOMAS KUNSE: “MARKAZ FAOLIYATIDAN HAYRATLANDIM”
02.10.2017 | Ko`rilgan: 189

Bugun, 2-oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Konrad Adenauer fondining mintaqadagi vakili bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muzokaralar davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Markaz bilan Konrad Adenauer fondi amalga oshirishi mumkin bo’lgan loyihalar haqida gapirilar ekan, janob Kunse fondning ijtimoiy so`rovlar o`tkazish borasida hamkorlik qilishi mumkinligini, joriy tizimga Yevropa tajribasini olib kirish imkoniyati borligini aytdi. Shuningdek, u 2017-yilda amalga oshirilgan islohotlar va 2018-yilgi davlat dasturi loyihasiga qabul qilinayotgan takliflar jarayonini yuqori baholadi hamda bajarilgan ishlar o’zining ijobiy samarasini berishiga ishonchi komilligini ta’kidladi.

Markazning ijrochi direktori A.Burxanov Fond bilan hamkorlik qilish jarayonida Yevropadagi shu kabi tashkilotlar faoliyati bilan tanishish, qonun loyihalarini ishlab chiqish, tadbirlar tashkil etish kabi yo’nalishlarda yo’lga qo’yish.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida ijtimoiy tadbirkorlik masalasi ko`tarilib, bu yo`nalishda dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish haqida gapirildi.