]
BMT va Harakatlar strategiyasi: Inson huquqlari borasida ochiq muloqot
03.10.2017 | Ko`rilgan: 405

2017-yilning 3-oktabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida BMT inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda din va e’tiqod erkinligi masalalari bo`yichda BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmed Shahid yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy muassasalar, madaniyat markazlari, NNT va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

A.Shohidning O`zbekistonga tashrifi – Markaziy Osiyoga bo`lgan birinchi tashrifi bo`ldi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o`tdi va unda inson huquqlari va erkinliklari  bo`yicha faoliyat yurituvchi assotsiatsiyalar va fondlar, institutlar va taraqqiyot markazlari, siyosiy va ijtimoiy soha markazlarining vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar, NNT va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ham tadbir mehmoni bo`lishdi.

Uchrashuv qatnashchilari o`z tashkilotlarining faoliyati, e’tibor qaratish lozim bo’lgan muammolar va ularni yechish yo`llari haqida gapirdilar. Shular qatorida O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Fridunovich rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ko`rsatuvlar tayyorlashni yanada kuchaytirishni, shu orqali jamoatchilikning O`zbekistondagi kechayotgan voqealar va islohotlarga bo`lgan qiziqishini yanada orttirishni taklif qildi. Milliy madaniy markazlar vakillari O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tadbirlari va loyihalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishib, ularning eshiklari har qaysi millat vakili uchun keng ochiq ekanligini ta’kidladilar.

A/Shohid janoblarining savollariga javob berishar ekan, diniy konfessiyalar vakillari O`zbekistonda har xil dinlar borligini, lekin shunga qaramay, ularning hammasi bir-biriga bag`rikenglik va hurmat bilan qarashini, hech qaysi din majburan singdirilmasligini, konfessiyalar bir-birlarini o`zlarining bayramlariga chaqirishlarini aytishdi. Shuningdek, diniy ekstremizm masalasiga katta e’tibor qaratilyapti, u bilan kurashishda faqat adliya organlarini ishga tushirish bilan emas, balki butun ta’lim tizimidagi muloqot va tarbiya vositalariga tayanmoqda. Ekstremizm bilan kurashishning aynan mana shu qorishiq usulidan foydalanganimiz tufayli mamlakatimizda 25-yildan beri tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda.

O`zbekistonga din va e’tiqod erkinligi masalalari bo`yichda BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohidning tashrif buyurishi Boshqarma bilan hamkorlik bo`yicha Harakatlar rejasi doirasida rejalashtirilgan edi. 90dan ortiq tadbirlarni o`z ichiga olgan mazkur rejani 2017-yil iyun oyida parlament qabul qilgan.

Eslatib o’tamiz, 2017-yil 19-sentyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zeid Raad al-Husayn o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida Oliy komissar o`zining 2017 yil may oyidagi O`zbekistonga tashrifi natijalarini yuqori baholab, mamlakatimiz va Oliy komissarlik boshqarmasi o`rtasidagi amaliy va ochiq muloqotning kengayishiga turtki berganini ta’kidladi.