]
TALABALAR TASHABBUSI BILAN HARAKATLAR STRATEGIYASI XONASI TASHKIL ETILDI
04.10.2017 | Ko`rilgan: 486

Ma'lumki, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ'ib qilish, pedagog va ilmiy xodimlarning taklif va fikrlarini o'rganish, yosh tadqiqotchilarni keng jalb qilish orqali statistik va boshqa ma'lumotlarni yig'ish hamda tahlil qilish, talabalarni ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadlarida yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarida Harakatlar strategiyasi xonalari faoliyat olib bormoqda.

2017-yilning 4-oktyabr kuni navbatdagi Harakatlar strategiyasi xonasi Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) vakillari bildirishdi. Quvonarlisi, bu kabi xonalar ochish tashabbusi nafaqat mahalliy OTM, balki yurtimizdagi xalqaro universitet vakillari tomonidan ham bildirilmoqda.

Ochilish marosimida Harakatlar strategiyasi xonasi vazifalari va maqsadlari talabalarga batafsil tushuntirilib, ushbu xona orqali turli so'rovlar, taqdimotlar, vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazish takliflari berildi. Shuningdek, Markaz vakillari Harakatlar strategiyasi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar va o'zgarishlar haqida taqdimot o'tkazishdi.

Qayd etish joiz, ayni kunlarda barcha Harakatlar strategiyasi xonalarida shu yilning avgust-sentyabr oylari davomida yurtimizda o'tkazilgan “Harakatlar strategiyasi: Sarhisob va istiqboldagi qadamlar” so'rovnoma natijalari tahlili o'tkazilmoqda. Bu esa mazkur xonalarning qisqa muddatlarda samara berayotganligi va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi ijrosida o'z xissasini qo'shayotganligini anglatadi.