]
Toshkentda Harakatlar strategiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
13.05.2017 | Ko`rilgan: 166

Joriy yilning 12-may kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, qator nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, professor-o‘qituvchilari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur ilmiy-amaliy seminar bu yo‘nalishda targ‘ibotchilarni tayyorlash, hududlarda Harakatlar strategiyasi targ‘ibotini jonli muloqotlar, samimiy suhbatlar tarzida sodda, xalqchil va hayotiy tashkil etish maqsadida uyushtirildi hamda  ishtirokchilarga Harakatlar strategiyasini aholiga tushunarli bo‘lgan usul va vositalar orqali bayon etish, ularni mazkur yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirish·jarayonida faol ishtirokini ta'minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.