]
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI VAKILLARI SANOAT ZONASIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
14.10.2017 | Ko`rilgan: 548

14-oktyabr kuni 5-Sanoat zonasi binosida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Dimax” sanoat savdo ko'rgazma biznes markazi tomonidan “Harakatlar strategiyasi: sarhisob va istiqboldagi qadamlar” mavzusida “davra suhbati” tashkil etildi. Unda 100 nafar xususiy tadbirkorlar ishtirok etdi.

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini 2017-yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida erishilgan natijalarni chuqur o'rganish va puxta tahlil qilish hamda 2018-yil Davlat dasturi loyihasiga tadbirkorlardan takliflar va loyihalar qabul qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar bugungi kunda O'zbekistanda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo'nalishida tadbirkorla uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bank tizimini yanada isloh qilish, O'zbekistonda erkin konvertatsiya joriy qilinishi bosqichlari kabi ishtirokchilarni qiziqtirgan yana boshqa ko'plab mavzulardagi savollarga javob qaytarishdi.

Tadbir doirasida ikki tashkilot o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.