]
TIJORAT BANKLARI RAHBARLARI UCHUN HARAKATLAR STRATEGIYASI O'QUV SEMINARI BO'LIB O'TDI
14.10.2017 | Ko`rilgan: 400

Bugungi kunda 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasining muhim jihati uning amalga oshirish mexanizmlarini, eng avvalo vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan har tomonlama o'rganish va tushunish hisoblanadi.

Ayni shu maqsadda 2017-yilning 14-oktyabr kuni O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tijorat banklarining rahbar xodimlari ishtirokida “2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini keng targ'ib qilish” mavzusidagi o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi haqida batafsil ma'lumot berildi. Bunda Harakatlar strategiyasidagi har bir ustuvor yo'nalishning mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizni yanada rivojlanishdagi tutgan muhim o'rni atroflicha muhokama etildi.