2016-yilning sentabr oyidan O‘zbekistonda boshlangan yangi yo‘nalishdagi liberal islohotlar nafaqat xalqimizni, balki xalqaro jamoatchilikni ham hayratda qoldirdi. Boisi, Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kirishganidan so‘ng kechagi kunda ham umuman imkonsizdek tuyulgan yangilanish va o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Davlat rahbari o‘z pozitsiyasi va siyosiy irodasini butun dunyoga qatʼiy namoyon etib, O‘zbekistonni faol rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi bosqichdagi islohotlarni hayotga joriy etishga dadil kirishdi.
Ham ichki, ham tashqi siyosatda umidbaxsh mujdalar ko‘zga tashlanib, uzoq yillar “yopiq” hisoblanib kelingan mamlakatda aholining yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy muammolari jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida asta-sekin yechim topa boshladi.
“Bosh maqsadimiz – xalqimizning roziligi”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak” kabi hayotiy g‘oyalarga asoslangan o‘zgarishlar, eng avvalo, O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini to‘liq taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirishdan boshlandi.
Bu o‘rinda, birinchi galda, Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi xalq xohish-irodasi, ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaqin istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyotni belgilovchi bosh dasturilamal hujjat bo‘lganini alohida taʼkidlash lozim.
Mazkur tarixiy hujjatda, ustuvor eʼtibor “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi qoidalarini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan holda davlat va jamiyat qurilishini tubdan isloh qilishga qaratildi hamda davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar Parlament faoliyatini chuqur isloh qilishdan boshlandi.
Bunda, birinchi navbatda, milliy Parlament va siyosiy partiyalarning roli yana-da kuchaytirildi. Eng muhim o‘zgarishlardan biri, bu shubhasiz, Parlamentning, shuningdek, deputat va senatorlarning faqat kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmay, balki bevosita joylarga chiqib, xalqning turmush darajasidan xabardor bo‘lish, odamlarni qiynayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda bevosita ishtirok etishlari bo‘ldi. Ushbu saʼy-harakatlarning natijadorligini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis Senati va hududiy Kengashlar huzurida maxsus komissiyalar tashkil etildi. Komissiyalar aʼzolari har oyda joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rganib borishmoqda va ularni bartaraf etish yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, Parlamentning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va rolini kuchaytirish bo‘yicha yana bir qator islohotlar hayotga joriy etildi, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish bo‘yicha vakolatlar kengaytirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil takomillashtirilib, modernizatsiya qilib borilmoqda. Bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini oshirmoqda. Xususan, ro‘yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilishi, o‘z navbatida, “Doing Business” global reytingidagi “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonning mavqei yil sayin ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishidagi ayrim tizimli muammolarning bartaraf etilishi esa, “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni amalda joriy etish imkonini berdi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning uyg‘unligi va izchilligini taʼminlash barobarida, davlat xizmatlarini sifatli bajarish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarning masʼuliyati va javobgarligini oshirishda ham muhim omil bo‘ldi.
Yangi bosqichdagi ustuvor islohotlardan biri, bu, shubhasiz, inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganidir. Eʼtirof etish joiz, mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylanib bormoqda. Respublikaning barcha hududlaridagi Xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqotni, joylarda yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal etish, kamchiliklarni bartaraf qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlamoqda. Prezidentning Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishning faol tizimiga o‘tdi. Xalq qabulxonalariga davlat organlarining faoliyatini o‘rganish, ularga taqdimnomalar kiritish, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni lavozimidan ozod etishgacha intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish vakolati berildi. Aholi muammolarini hal etish bo‘yicha “Mahalla – Sektor – Xalq qabulxonasi – Mahalla” tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik tadbirlari doirasida Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan va Afg‘onistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelinib, ularning fuqarolik huquqlari tiklangani, bu odamlarga davlat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatilayotgani, “Jasliq” qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasining yopilgani, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug‘urta to‘lash tartibi birinchi marta joriy etilgani, 5 ming 868 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingani ham bag‘rikeng insonparvar siyosatning hayotiy ifodasidir.
Umuman, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini tobora mustahkamlab bormoqda. Xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhiti izchil rivojlanmoqda. Bugungi kunda davlatimiz o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida ham o‘zaro teng manfaatlarga asoslangan samarali faoliyat olib bormoqda. Uzoq va yaqindagi barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin kengayib, rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilgani, bu borada bir necha yillik “muzlar erigani” bois, ming-minglab oddiy odamlarning chegaralardan bemalol o‘tib-qaytayotgani, mintaqa bo‘ylab erkin harakatlanishi, qarindosh-urug‘lar bilan bordi-keldi qilish imkoniyatining yaratilgani diqqatga sazovordir. O‘z o‘rnida, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlaridan o‘tish va chegara oldi hududlarda savdoni rivojlantirish kabi muammolarga yechim topish bo‘yicha ham O‘zbekiston tashabbusi bilan yangi, konstruktiv siyosiy muhit va qulay sharoitlardagi siyosat izchil davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, mamlakatimizda tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochildi, investitsiyaviy muhit yangilanib, investitsiya kiritish kafolatlari kuchaytirildi. Jalb etilayotgan investitsiyalar, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va tovarlarni diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgani natijasida ularning texnologik tarkibi ham o‘zgarib, samaradorligi ortmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda xususiy mulkni, tadbirkorlik va kichik biznesni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ular huquq-manfaatlarini himoya qilishning qonuniy mexanizmlari mustahkamlandi. Natijada bugun mamlakat yalpi ichki maxsulotining qariyb 57 foizi kichik va o‘rta biznes subyektlari zimmasiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, ishga yaroqli axolining 82 foizi ushbu subyektlarda xizmat qilmoqda.
Umuman, kasbiy faoliyatimiz yuzasidan olib borilayotgan faoliyat jarayonlarida dunyoning bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlari hamda taniqli xalqaro ekspert-mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etilayotgani, qo‘llab-quvvatlanayotgani kuzatilmoqda. Bu esa, O‘zbekistonda davlat, jamiyat va fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tamoyillari va qadriyatlariga eʼtiborini kuchaytirish, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan samarali tadbirlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir.
Shu maʼnoda, 2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston ilgari surgan tashabbus bo‘yicha qabul qilingan “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasini BMTga aʼzo barcha davlatlar yakdillik bilan maʼqullagani islohotlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olayotganiga yaqqol bir misoldir. Yoki “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasining qabul qilinishi ham O‘zbekistondagi o‘zgarishlarning xalqaro maydondagi eʼtirofidir.
Xulosa o‘rnida aytganda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatni yana-da rivojlantirishga, milliy huquq tizimini mustahkamlashga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari, norma va qoidalarini milliy qonunchilikka izchil singdirishga, chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan siyosatning asosi sifatida davlatni yana-da izchil taraqqiy ettirishga xizmat qilmoqda. Albatta, bu borada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar, yechimini kutayotgan masalalar ham ko‘p. Ular ham, bugungi yangilanishlar silsilasida navbati va vaqti-soati bilan hal etib boriladi, albatta va shunday bo‘lmoqda ham.
Zero, O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus olganini butun dunyo ko‘rib turibdi.
Eldor TULYAKOV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
ijrochi direktori