• О'zbek
  • Davlat dasturi 2021
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
“COVID-19 PANDEMIYASINING TAʼSIR XAVFINI JAMIYAT DARAJASIDA DINAMIK RAVISHDA ANIQLASH”
2353 | 17 Sen. 2020 y.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Jahon banki bilan hamkorlikda 2018 yildan buyon “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi - bu islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholi vakillarining qarashlari va farovonligini har tomonlama monitoring qilish tizimi hisoblanadi. Yil davomida mazkur aholi vakillarining fikrlarini jamlagan holda, ushbu tadqiqot yordamida abstrak siyosiy choralar odamlarning kundalik hayotida qanday aks etayotganligi haqida zamonaviy tushunchaga ega bo‘lish imkonini yaratadi.

COVID-19 pandemiyasi taʼsiriga qarshi tezkor taʼsir choralarini ko‘rish, tegishli siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun uning mamlakatimiz fuqarolari farovonligiga taʼsirini baholash naqadar muhimligini hisobga olib, joriy yilning aprel-iyul oylarida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Jahon banki bilan hamkorlikda  mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar amalga oshirildi va “Dinamik ravishda COVID-19 pandemiyasining taʼsiri xavfini jamiyat darajasida aniqlash” bo‘yicha texnik maʼruza tayyorlandi.

Tadqiqot natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati


8
Похожие новости