• О'zbek
  • Davlat dasturi 2021
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TAQDIMOT O'TKAZILDI

Joriy yilning 23 fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan Toshkent Moliya institutida “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyatini institut jamoasiga, xususan, talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida taqdimot marosimi tashkil etildi.

Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo'lim boshlig'i Avazbek Xolbekov so'zga chiqib, 2021 yilgi Davlat dasturining o'ziga xos jihatlari, xususan, beshta usuvor yo'nalish bo'yicha belgilangan eng muhim vazifalar, uning ijrosini ta'minlash bo'yicha Markaz tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, Davlat dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan taqdimot Moliya institutining professor-o'qituvchilari va talabalari e'tiboriga havola qilindi.

Davra suhbatida Moliya institutining Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi N. Ochilov, Axborot texnologiyalari bo'yicha yetakchi mutaxassisi Sh. Ahrorova, Yoshlar Ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi K. Mahmudov hamda faol talabalari ham so'zga chiqib, Davlat dasturida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarga har tomonlama qulay imkoniyatlar yaratish, ayniqsa, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun sharoitlar yaratish bo'yicha rejalashtirilgan choralarning ahamiyati borasida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.