• О'zbek
  • Davlat dasturi 2021
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

KUN TARTIBIDA – GENDER TENGLIGI MASALASI

Joriy yilning 7 aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi hamkorligida “Qonunlar ijrosini ta'minlash va byudjetni shakllantirishda gender yondashuvi” mavzusida uch kunlik seminar-treningga start berildi.

Unda xalq deputatlari Toshkent shahar va Toshkent viloyati Kengashlarining deputatlari, USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda.

Mashg'ulotlarning birinchi kunida gender tengligini ta'minlash borasida dunyo, xususan, rivojlangan davlatlar tajribasi hamda mazkur yo'nalishda qabul qilingan xalqaro hujjatlar haqida ma'lumot berildi.

Shu bilan birga, O'zbekistonda bu borada qabul qilingan qonunlar, gender tengligini ta'minlash borasidagi faol sa'y-harakatlar hamda mazkur yo'nalishda erishilayotgan natijalar haqida to'xtalib o'tildi.

Jumladan, mahalliy Kengashlar sessiyalarida qarorlar qabul qilishda, qonunlar ijrosini ta'minlash va nazorat qilishda deputatlar gender tengligi bilan bog'liq jihatlarga alohida e'tibor qaratishlari maqsadga muvofiq ekani qayd etilib, bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan misollar keltirildi.  

Shuningdek, seminar-treningda deputatlar ham o'zlarining gender tengligi masalasi bo'yicha fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Tadbirda USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi xodimlari tomonidan deputatlarga mavzu yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Seminar-trening mashg'ulotlari 9 aprelga qadar davom etadi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.