• О'zbek
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Markazning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda.

Jumladan, Yangi O‘zbekistonda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar va erishilgan yuksak natijalarni qo‘lga kiritishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasining ham bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 27-avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov mukofotlanganlarni tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida ham ulkan muvoffaqiyatlar tiladi.

— So‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasida belgilab olingan asosiy ustuvor vazifalar doirasida Ozbekistonda barcha sohalarda keng kolamli natijadorlikka ega bolgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bevosita ushbu natijalarga erishida markaz jamoasi ham islohotlarda faol ishtirok etib, Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinayotgan Davlat dasturlarining ijrosini oz vaqtida taminlashda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etib kelmoqda.

Shu bilan birga, belgilab olingan vazifalarni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, erishilgan yutuqlarni milliy va xalqaro jamoatchilikka yetkazishda ham alohida faollik ko‘rsatib kelmoqda. Markaz xodimlarining bunday mukofotga loyiq korilganligi xodimlarga ragbat berish bilan birga alohida mas’uliyat ham yuklaydi, — dedi Eldor Tulyakov.

Shuningdek, tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatida samarali ishtirok etib, o‘z vazifalarini vijdonan va sidqidildan ado etib, tashabbuskorlik hamda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati