"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklarQonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari2018O'ZBEKISTONDA BEPUL YURIDIK MASLAHAT KO’RSATUVCHI...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

O'ZBEKISTONDA BEPUL YURIDIK MASLAHAT KO’RSATUVCHI PORTALNI ISHGA TUSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Buyuk Britaniyaning Vestminster demokratiya jamg’armasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida mehmonlarga Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari hamda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

O’z navbatida Vestminster demokratiya jamg’armasi dasturi direktori Devin Oshonessi muhtojlarga bepul huquqiy maslahat ko’rsatuvchi www.citizenadvice.org.uk portali haqida ma’lumot berdi. U O’zbekistonda ham shu kabi loyihani amalga oshirish mumkinligini va bunda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Vestminster demokratiya jamg’armasi 1992-yil demokratik rivojlanayotgan mamlakatlarda demokratik amaliyotlar va institutlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.