Joriy yilning 7-sentyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi hamda “Baku Network” xalqaro siyosat va xavfsizlik markazi hamkorligida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gruziyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori Namiq Aliyev hamda akademiya o‘qituvchisi, xalqaro munosabatlar eksperti Zaur Mamedov, Ozarbayjon Xalqaro aloqalarni tahlil qilish markazi eksperti Nagiy Axmadov, “3rd View” tahliliy markazi rahbari Rauf Radjabov, “Janubiy Kavkaz” siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Velizade, Guruziyadagi nufuzli “Georgian Times” media xoldingi prezidenti Malxaz Gulashvili, taniqli siyosatshunoslar, Ozarbayjon va Gruziya ekspert-tahliliy doiralari vakillari hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari onlayn shaklda ishtirok etishdi.
Davra suhbatida O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gruziyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov oxirgi 5 yil mobaynida O‘zbekistonning taraqqiyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, shuningdek, mamlakatda demokratik islohotlarning amalga oshirilishida ichki va tashqi siyosatdagi asosiy o‘zgarishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Yangi bosqichdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqaro hamjamiyat bilan do‘stlik va hamkorlik tamoyillariga asoslangan holda inson huquqlari va erkinliklari sohasida umume’tirof etilgan meyorlarga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgani ta’kidlandi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda erishilgan natijalar haqida onlayn taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot orqali Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, shuningdek, xavfsizlik, millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan va yaqin istiqbolda mamlakat taraqqiyotining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan ushbu strategiya o‘zaro manfaatli, ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib borish, mamlakat atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta'minlashga qaratilgan yillik Davlat dasturlari qabul qilinib, izchil amalga oshirildi.
Xususan, o‘tgan vaqt davomida xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga aholidan kelib tushgan 5,4 mln. murojaatning 98,1 foizi hal etilgan. Qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi islohotlar natijasida esa, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirildi. Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berish tartibi soddalashtirildi. Natijada, 1992-yildan 2016-yilgacha atigi 482 kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa, birgina 2020-yilda 16 298 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchi ekspertlar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, ochiq va pragmatik siyosat mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layotganini e’tirof etdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati