• О'zbek
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2018-YIL DAVLAT DASTURI TAQDIMOTI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI HARBIY-TEXNIK INSTITUTIDA O’TKAZILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti hamkorligida “Harakatlar strategiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining kafolati” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik institutida tashkil etilib, unda harbiy muassasaning kafedra o'qituvchi va kursantlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida Markaz vakillari tomonidan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining asosiy mazmun mohiyati, amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.