"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklarQonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlariIjtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari2018ELEKTRON JAMOAVIY MUROJAAT KIRITISH IMKONINI BERUVCHI...
ELEKTRON JAMOAVIY MUROJAAT KIRITISH IMKONINI BERUVCHI “MENING FIKRIM” VEB-PORTALI FOYDALANISH UCHUN TAYYOR
0 | 1184 | 19 Apr. 2018 y.

Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi. Bunda internet tarmog‘ida Parlament va fuqarolar o‘rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi. 

Mazkur vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.

Portal 20-aprel kuni soat 16.00 (Toshkent vaqti bilan)da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi. Elektron murojaatlar kiritish quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi: 
- Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;
- Ekspertiza va murojaatni joylash;
- Murojaatga ovoz berish;
- Murojaatni ko‘rib chiqish.


1
Похожие новости