"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklarQonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlariIjtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari2018“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI...
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING YANGI TAHRIRDAGI LOYIHASI MUHOKAMASI
0 | 3155 | 22 Apr. 2018 y.

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi.

Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, siyosiy partiya a’zolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishchi guruh a’zolari tomonidan qonun loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hujjat loyihasini tayyorlash jarayonida 20 dan ortiq rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligi o‘rganilib, shu asosda yangi tahrirdagi qonun loyihasiga 36 ta yangi modda kiritildi. Amaldagi qonunning 33 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani ma’lum qilindi.

“Davra suhbati” davomida davlat – xususiy sheriklik, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi yangi normalar ham qonun loyihasida o‘z aksini topgani ta’kidlab o‘tildi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan konstruktiv takliflar, fikr va mulohazalar umumlashtirilib, hujjat loyihasining qator bandlariga tuzatishlar kiritildi.


5
Похожие новости