• О'zbek
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

AQSHNING XALQARO TARAQQIYOT AGENTLIGI (USAID) TSM BILAN QO'SHMA LOYIHALARNI HAYOTGA TADBIQ ETISHGA XAYRIHOH

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning may oyida AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o’rtasida erishilgan kelishuv va imzolangan bitimlarni qo'llab-quvvatlash hamda hamkorlikning yangi yo'nalishlari bo'yicha muhokamalar o’tkazish maqsadida AQShning Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) delegatsiyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolarinig tashrifi dasturi doirasida 8 iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda USAID ma’muriyati o’rinbosari Xaviyer Pedra, Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy missiyasi direktori K. Edvards hamda USAIDning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari G. Robbins ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida mehmonlarga 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining asosiy faoliyat yo’nalishlari, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi haqida so'z borar ekan, Markaz vakillari tomonidan Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo’nalishi bo’yicha 2018-yil Davlat dasturi doirasida barcha davlat idoralari huzurida Jamoatchilik kengashlarini tashkil etish nazarda tutilgani aytib o’tildi.

Shu o’rinda, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutaxassislari tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda O’zbekistonda Jamoatchilik kengashlari faoliyatini rivojlantirish yagona metodologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan loyiha taqdimot qilindi.

O'z navbatida, Amerika delegatsiyasi vakillari O'zbekistondagi so’nggi o’zgarishlarni ijobiy baholab, AQShning Xalqaro Taraqqiyot agentligi amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni to'liq qo'llab-quvvatlab, faol va yaqin hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan qo'shma loyihalarni hayotga tadbiq etishga xayrihoh ekanliklarini ma'lum qildilar.