Bugun Toshkent shahridagi Inxa universitetida “O‘zbekiston 2035” forumining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Forumdan ko‘zlangan maqsad 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining mantiqiy davomiga aylanishi lozim bo‘lgan O‘zbekistonni rivojlantirishning 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli strategiyasi konsepsiyasini muhokama qilishdan iborat. Tadbir “Buyuk Kelajak” XNNT hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tashkil etildi.
Uzoq muddatga ko‘zlangan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident devoni, vazirliklar va idoralar, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Forum mehmonlari orasida “Buyuk Kelajak” XNNT ta’sischilari umumiy yig‘ilishi Raisi, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi Raisi, “ROSNANO” BK YEMning Istiqbolli loyihalar taraqqiyoti bo‘linmasi rahbari – Sarmoyalar bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari Alisher Kalanov, Singapur milliy universiteti Li Kuan Yuy nomidagi davlat siyosati maktabi tadqiqotchi-yordamchisi hamda Yaponiyadagi Keyo universiteti Global tadqiqotlar instituti tadqiqotchisi Xasan Redjaboyev, Henley&Partners Austria GMBH’ning davlat organlari bilan maslahatlashuvlar olib borish bo‘yicha katta menejeri Akram Mahamatqulov, Belgiyada barqaror rivojlanish va korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasi mutaxassisi Malika Sharipova va “Buyuk Kelajak” XNNTning boshqa 60 dan ziyod ekspertlari mavjud.
Yalpi sessiyalar quyidagi besh yo‘nalishda olib borilmoqda:
- demokratik institutlarni qayta isloh qilish va rivojlantirish;
- aholining turmush darajasi va ijtimoiy himoyasini oshirish;
- ASK, sanoat, YEK va infratuzilmani rivojlantirish;
- moliyaviy tizim ko‘magida innovatsiya, kichik va o‘rta tadbirkorlikni iqtisodiy rivojlantirish;
- ilm-fan, turizm, madaniyat, ta’lim va inson kapitali sohalarini rivojlantirish.
29-iyun kuni yalpi yig‘ilishlar doirasida vazirliklar va idoralar vakillari hamda “Buyuk Kelajak” XNNTning tegishli sohalardagi 60 nafar eksperti o‘rtasida qayd etilgan mavzular bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi.