"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklarIqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari2018O’ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI YANADA...
O’ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TADQIQOT NATIJALARI E’LON QILINDI
0 | 963 | 11 Noy. 2018 y.

2018-yilning 12-noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O’zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini baholash: huquqiy, investitsion, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari” mavzusida “davra suhbati” bo’lib o’tdi. Tadbirda mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari, ekspertlar, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etib, joriy yilning sentyabr va oktyabr oylari davomida yurtimizdagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish kabi qator vazifalar belgilangan. Xususan, faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Shveysariyaning “PeaceNexus” xalqaro jamg’armasi bilan hamkorlikda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat yuritishi hamda ularga qulay sharoitlar yaratish” loyihasini amalga oshirdi. Unda yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar jalb etildi.

Loyiha doirasida joriy yilning sentyabr va oktyabr oylari davomida yurtimizdagi qator erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, ular orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilash imkoniyatlari hamda mavjud muammolar o’rganildi.

Jumladan, mutaxassislar “Navoiy” va “Angren” EIZlariga tashrif buyurib, joylarda tadqiqotlar olib borildi. U yerda EIZ faoliyati, investitsion muhitni yaxshilash bo’yicha yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Investorlar, direksiya vakillari, korxona xodimlari, mahalliy tadbirkorlarning fikrlari, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflari o’rganildi.

Tadqiqotlar faoliyatning normativ-huquqiy asoslari va EIZlarning investitsion jozibadorligi, soliq siyosati, bojxona ma’muriyatchiligi, EIZlarning atrof-muhitga va ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri kabi besh yo’nalishda olib borildi.

O’tkazilgan “davra suhbati” ishida “PeaceNexus” jamg’armasining Markaziy Osiyo bo’yicha maslahatchisi, Germaniyaning “RolandBerger” konsalting komaniyasi mutaxassisi, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi vakillari hamda tadqiqot olib borgan boshqa ekspertlar ishtirok etdilar hamda o’tkazilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

“Davra suhbati” yakunlariga ko’ra tadqiqot natijalari bo’yicha ishlab chiqilgan takliflar 2019-yil Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etishga kelishib olindi.


1
Похожие новости