• Ўзбек
"ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ"
  МАРКАЗИ
"Тараққиёт Cтратегияси" маркази

Davlat dasturi loyihasi muhokamalari: Eng ko’p muhokamaga sabab bo’layotgan bandlar uchligi

Xabaringiz bor, 2019-yilning 3-yanvar kuni Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili Davlat dasturi loyihasi fuqarolar bilan maslahatlashgan holda yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

Hujjat loyihasi 253 ta banddan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabr kuni Parlamentga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g’oya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Muhokamalarning bugungi kun holatiga ko’ra, 2019.strategy.uz veb-saytiga jami 1600 dan ziyod, regulation.gov.uz portaliga esa 220 ga yaqin takliflar qabul qilindi.

Fuqarolar ko’proq Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo’nalishida belgilangan vazifalarga qiziqish bildirilmoqda (523 ta), keyingi o’rinlarda Ijtimoiy sohani rivojlantirish (463 ta) hamda Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etish yo’nalishida (325 ta) takliflar kelib tushgan.

Eng ko’p muhokamaga sabab bo’layotgan bandlar:

1-o’rinda 4-band (71 ta taklif)

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish.

2-o’rinda 1-band (61 ta taklif)

Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yo’nalishidagi faoliyatini kuchaytirish va samaradorligini oshirish.

3-o’rinda 2-band (44 ta taklif)

Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis, tegishli viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlashamaliyotini joriy etish.