"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-yil Davlat dasturi loyihasi muhokamalari yakunlandi

Joriy yilning 3-15-yanvar kunlari davomida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi yuzasidan o’tkazilgan jamoatchilik muhokamalarda fuqarolardan jami 4180 dan ziyod fikr va takliflar kelib tushdi. Fuqarolar asosan “Taraqqiyot strategyaisi” markazi tomonidan maxsus yaratilgan 2019.strategy.uz veb-sayti va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz orqali izohlar qoldirdilar.

Shuningdek, keng jamoatchilik, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, xorijdagi vatandoshlar, biznes doira hamda fuqarolik jamiyati instutlari vakkillari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuv va anjumanlar doirasida bildirilgan yozma va og’zaki takliflar umumlashtirildi. Bundan tashqari, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilot vakillarining takliflari ham o’rganildi.

Kelib tushgan fikr va takliflarning barchasi ishchi guruh tomonidan soha mutaxassislari ishtirokida tahlil qilindi. Ish jarayonidan takliflar mazmuniga ko’ra ikki guruhga – tegishli bandga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda Davlat dasturi loyihasiga qo’shimcha yangi band kiritish bo’yicha ko’rib chiqilib, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiyaga taqdim etildi.

Shu fursatdan foydalanib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi nomidan ushbu jarayonlarning barcha ishtirokchilariga - fuqarolar, Parlament a’zolari, siyosiy partiyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, NNT hamda xalqaro tashkilotlar vakillariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Sizning qimmatli maslahatingiz, fikr va takliflaringiz yordamida 2019-yil Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtirildi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarga qo’shimcha va o’zgartishlar hamda bir qator yangi bandlar kiritildi.

O’ylaymizki, kelgusida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etishda ham fuqarolar faol ishtirok etadilar hamda islohotlarning borishida o’z yordamlarini ayamaydilar.


"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
matbuot xizmati