"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019“Taraqqiyot strategiyasi” markazi yillik dunyo “aql...
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi yillik dunyo “aql markaz”lari reytingida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi
0 | 313 | 04 Fev. 2019 y.

AQSHning Pensilvaniya universiteti tomonidan “Tahlil markazlari va fuqarolik jamiyati” dasturi doirasida e’lon qilib boriluvchi nufuzli “Global Go To Think Tank Index Report” dunyo tadqiqot va tahlil markazlari yillik reytingi e’lon qilindi.

 

2018-yil yakunlariga ko‘ra, O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mazkur reytingning “Best New Think Tanks 2018” nominatsiyasida 27 ta yangi tashkil etilgan “aql markazlari” qatorida e’tirof etildi.

Ahamiyatlisi, ushbu reytingga MDH davlatlari orasidan faqatgina O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kiritilgan bo‘lib, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” markazi, Germaniyaning “Agora Verkehrswende”, AQShning “MGM Resorts Public Policy Institute” kabi nufuzli tashkilotlar o’rin olgan.

Reytingni tuzish jarayonida 2016 va 2017-yillar davomida yangi tashkil etilgan “aql markaz”lari faoliyati o‘rganilib, TACTSP Global Think Tank Database ma’lumotlar bazasiga kiritilgan 68 mingdan ortiq nufuzli ekspertlar, jurnalistlar, siyosatchilar hamda iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida tuzilgan.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “aql markazi” sifatida 2018-yil davomida qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan, “Aql markaz”larini o‘rganish markazi va Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan Shanxay “aql markaz”lari yillik forumida mamlakatimiz nomidan faol ishtirok etdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Level Up Prize” tanlovida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi g‘olib deb topildi.

Bundan tashqari, Harakatlar strategiyasini amalga oshirilishi bo‘yicha tahliliy maqolalar tayyorlash, sohalar rivoji va mavjud kamchiliklar yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish, kelgusi yil Davlat dasturlari uchun takliflar tayyorlash, tegishli davlat organlariga islohotlarning borishi yuzasidan turli tahlillar taqdim etib borish “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2018-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Global Go To Think Tank Index Report” tadqiqot va tahlil markazlarining yillik reytingi “Ekspertlik-tahliliy markazlar va fuqarolik jamiyati” dasturi doirasida 2008-yildan buyon e’lon qilinib kelinadi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ushbu reytingga ilk bor 2017-yil yakunlariga ko‘ra yangi tashkil etilgan “aql markaz”lari top-50 taligiga kiritilgan edi.


1
Похожие новости