"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019Advokatura institutining nufuzini oshirish masalalari...
Advokatura institutining nufuzini oshirish masalalari muhokama qilindi
0 | 179 | 08 Fev. 2019 y.

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida advokatura institutining nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti hamda Bosh prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Muhokama davomida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokatura institutining bugungi kundagi roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, 2018-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi rasmiy saytida advokatlar faoliyatiga tazyiq o‘tkazish va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari haqida so‘z yuritildi. Tomonlar so‘rovning o‘tkazilish tartibi, metodikasi va muddatlari kabi masalalarga oydinlik kiritishdi.

Muloqot davomida xorijiy ekspertlar tomonidan ham fikrlar bildirilib, xalqaro tajriba, ilg‘or davlatlarda advokatlar rolini oshirida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


5
Похожие новости