"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

GULMIRA KUJUKEYEVA: HARAKATLAR STRATEGIYASI HAMKORLIGIMIZNI YANADA MUSTAHKAMLASH UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHMOQDA

2019-yilning 23-iyul kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov Notijorat huquq xalqaro Markazining (ICNL) Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘limi rahbari  Gulmira Kujukeyeva bilan uchrashdi.

Notijorat huquq xalqaro Markazining (ICNL) Markaziy Osiyodagi faoliyatidan ko‘zlagan maqsadi, yandi qonunlarni qabul qilish va amaldagi qonunchilikni eng yaxshi xalqaro standartlar va tajribaga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, bu orqali qonunchilikni samarali ravishda tartibga solishdan iborat.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tomonlar fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy bazani rivojlantirish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Gulmira Kujukeyeva O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi doirasida izchil islohotlar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va Notijorat huquq xalqaro Markazi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun yangi imkloniyatlar eshigini ochishini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, E.Tulyakov Notijorat huquq xalqaro Markaziga (ICNL) «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbuslarini texnik va uslubiy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi  Axborot xizmati