"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

AZIZ HAMYURTLAR! SIZDA DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINI YANADA YAXSHILASH BO‘YICHA TAKLIFLAR BORMI?


Sizda  davlat va jamiyat hayotini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bormi?

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat bildirish istagi paydo bo‘ldimi?

Muayyan yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, ayrim hollarda muammolar saqlanib qolmoqda, deb hisoblaysizmi?

Unda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Yuksalish» umummilliy harakatining qo‘shma loyihasi taqdim etadigan imkoniyatlar aynan siz uchun. Barchasi oddiy, buning uchun jamoatchilik.uz veb-sayti xizmatlaridan foydalanish kifoya.

Portal orqali davlat organlari bilan samarali muloqot o‘rnatish mexanismi yaratildi, deb hisoblashga sizda barcha asoslar mavjud.

Ushbu manzilda siz:

• qonunchilik, davlat va hududiy dasturlarni takomillashtirishga oid takliflar;

• dolzarb voqealar (hodisalar) yuzasidan tezkor xabarlar yuborish imkoniga egasiz.

Siz yuborgan takliflar, albatta saytda e’lon qilinadi. Asosiysi, har bir taklif mas’ul shaxslar tomonidan o‘rganilib, ularning natijalari jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

Bundan tashqari, platforma dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida, tadqiqotlar va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi. Eng yaxshi taklif mualliflari hamda muhokamalarda faol ishtirok etganlarni rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

Unutmang, portal xizmatlaridan foydalanish barcha uchun ochiq va bepul.