"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

XITOY DELEGATSIYASINING TASHRIFI XUSUSIDA


«Taraqqiyot
strategiyasi» markazida Xitoy Xalq Respublikasining Gansu provinsiyasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti janob Ma Tinsyuy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv учрашув boʻlib tdi. Shunungdek, uchrashuvda Ipak yli ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va xodimlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv «Taraqqiyot strategiyasi» markazi faoliyati bilan mehmonlarni chuqurroq tanishtirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni ylga qyish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov markazning asosiy ynalishlari, maqsad va vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirdi. Shunungdek, markaz tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar va loyihalar xususida ham txtalib tdi.

Oʻz navbatida, janob Ma Tinsyuy Ijtimoiy fanlar akademiyasi faoliyati haqida qisqacha maʼlumot berdi. Taʼkidlandiki, Akademiya provinsiyaning turli sohalardagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini rganadi, «Bir makon, bir yoʻl» tashabbusi doirasida tadqiqotlar olib boradi. Tadqiqot natijalari milliy va mintaqaviy nashrlarda chop qilinadi.

Uchrashuv davomida joriy yilning may oyida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi delegatsiyasi ХХR safari chogʻida Ijtimoiy fanlar akademiyasi bilan imzolangan memorandumi doirasida kelajakda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yigʻilish soʻngida xitoylik mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shunungdek, delegatsiya vakillari ayni kunlarda markaz tashabbusi asosida oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo doirasida olib borilayotgan tadqiqot muhokamasi ishtirokchilari bilan ham fikr almashish imkoniyatiga ega boʻldilar.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati