"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

SIZDA TAKLIF BORMI? UNDA SAFIMIZGA QO‘SHILING!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoyishi asosida tashkil etilgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelmoqda. Jumladan, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish markaz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr va takliflarini to‘plash va o‘rganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish vazifasi ham Farmonda aniq belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, markaz rasmiy sayti (www.strategy.uz) da «taklif yuborish» funksiyasi joriy etilgan.

Bundan tashqari, Davlat va jamiyat taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 27-iyun kuni fikr.strategy.uz portali ham ishga tushirildi. Ushbu manzil orqali har bir yurtdoshimiz Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirish va albatta, keyingi yil uchun ishlab chiqilayotgan Dastur loyihasiga taklif berish imkoniyatiga ega. Zotan Harakatlar strategiyasi ijrosi yuzasidan tizimli jamoatchilik monitoringini o‘tkazish, uning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ham markazning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar xususida OAV hamda markazning rasmiy axborot manbaalari orqali muntazam xabar berib kelinmoqda. Ammo hamyurtlarimizning talab va istaklari, imkoniyatlarini inobatga olgan holda, kelgusi yil uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga taklif berishning yanada qulay vositasi yaratildi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar xususida OAV hamda markazning rasmiy axborot manbaalari orqali muntazam xabar berib kelinmoqda. Ammo hamyurtlarimizning talab va istaklari, imkoniyatlarini inobatga olgan holda, kelgusi yil uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga taklif berishning yanada qulay vositasi yaratildi.

Buning uchun markazning «Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy – t.me/dscuzbekistan kanaliga a’zo bo‘lish kifoya. Endilikda ushbu manzilda muntazam ravishda Harakatlar strategiyasining turli yo‘nalishlariga oid takliflarni bildirish mumkin.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi barcha yurtdoshlarimizni jonajon vatanimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish imkoniyatidan faol foydalanishga chaqiradi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati