• О'zbek
  • Davlat dasturi 2021
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Helena FREYZER
3672 | 17 Sen. 2019 y.

HARAKATLAR STRATEGIYASI BMT MAQSADLARI BILAN HAMOHANG

Helena FREYZER,
BMTning O‘zbekistondagi vakili:

– Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistonda 1993-yilda ish boshlagan. Bugungi kunda uning 10 agentligi respublikada faoliyat yuritib kelmoqda.

Men islohotlar boshlanayotgan davlatga keldim. BMT eng yirik xalqaro sherik sifatida O‘zbekiston bilan ishlashga hozir-u nozir. Xalqaro majburiyatlarni bajarishda, konvensiya va meʼyorlarga mos ravishda qadam tashlashda biz yordam beramiz.

Harakatlar strategiyasi BMT maqsadlari bilan hamohang. Adliya, boshqaruv, iqtisod, tashqi siyosat, xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, xususan ekologik, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasida katta islohotlar ko‘zlangan. Bularning zamirida ulkan maqsadlar mujassam. Aslida, bizning maqsadlarimiz ham shu. Siyosat va xatti-harakatlar normalarga binoan bo‘lishini taʼminlashda ko‘maklashamiz. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish kerak. Hukumat qattiq ishlayapti, ko‘rib turibmiz.

Islohotlarga kelsak, ular yangi pallaga kirmoqda, degan bo‘lar edim. Men kelganimda endigina rejalanib, astalik bilan amalga oshirilayotgan edi. Fuqarolar bilan muloqot, ularning manfaatlarini ko‘zlagan siyosat haqida gap ketmoqda. Biz, aynan shu bois ham bu siyosat va jarayonlarni quvvatlaymiz. Fuqaro dardi va fikrini inobatga oluvchi siyosat. Nazarimda, nozik palladan o‘tildi.

Mamlakat ortga qaytib bo‘lmaydigan pallaga kirdi. U qay tomonga qarab ketayotganini aniqlab bo‘ldi. O‘zbekistonga ish o‘rinlari kerak. Ularni yaratish lozim. Imkoniyatlarni ochish kerak. Xalq va hukumat orasida o‘ziga xos kelishuv shakllana boshladi. Taraqqiyot har ikki tomonga bog‘liq. Xaridor ham, isteʼmolchi ham, ishlab chiqaruvchi ham, o‘zgarishlar ortidagi tomon ham fuqaroning o‘zidir. Mana shu haqiqat oydinlashdi. Bu juda muhim. O‘zbekiston tashqi siyosatda ham ochilib bormoqda. Avvalo qo‘shnilar, ayniqsa, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik mustahkamlandi. Har bir davlat rahbarining tashrifi tarixiy tashrif. O‘zbekiston oldinga qadam tashlamoqda va fikrimcha, bu yo‘ldan qaytmaydi.

 

 


3
Похожие новости