"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ITALIYANING ENG YAXSHI TAHLIL MARKAZI TOSHKENTDA


Ma’lumki, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining muhim vazifalaridan biri, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot hamda axborot-tahliliy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar natijasida muntazam ravishda jahonning yetakchi tahlil markazlari va ekspertlari bilan aloqalar o‘rnatish va mavjudlari bilan yanada samarali hamkorlik qilishga erishilmoqda. Jumladan, joriy yil iyun-iyul oylarida markaz rahbarining qator Yevropa mamlakatlariga amalga oshirgan tashrifi doirasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. O‘z navbatida, jahonda o‘z o‘rniga ega markazlar bilan aloqalar o‘rnatildi.

Natijada, joriy yilning 1720-sentabr kunlari Italiyaning Milan shahrida joylashgan «The European House – Ambrosetti» markazi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi taklifi asosida tashkil etilgan ushbu tashrif doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati, «O‘zbekiston Temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekneftegaz» hamda «O‘zbekenergo» aksionerlik jamiyatlarida uchrashuvlar rejalashtirilgan.

«The European House – Ambrosetti» boshqaruv masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan Italiyaning nufuzli konsalting firmasi sanaladi. Muvaffaqiyatlari asosida ketma-ket 6 yildan buyon «Italiyaning eng yaxshi tahlil markazi» sifatida tan olingan. Shuningdek, Yevropa tahlil markazlarining kuchli o‘ntaligi qatorida e’tirof etiladi. Jahon bo‘yicha esa, jami 8100 ta tahlil markazlarini o‘zida jamlagan ro‘yxatning kuchli 100 taligiga kiradi.

«The European House – Ambrosetti» har yili 400 dan ortiq mijozga konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi va turli mamlakatlarda 300 dan ortiq tadbirlar tashkil etadi. Bunda 4 qit’adagi 12 mamlakatda faoliyat olib borayotgan vakolatxonalardagi 280 nafar ekspert xizmati muhim o‘rin tutadi, albatta.

Italiya delegatsiyasi bilan «Taraqqiyot strategiyasi» markazida ham uchrashuv o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati