• О'zbek
  • Davlat dasturi 2021
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Xyu UILYAMSON
3013 | 03 Yan. 2020 y.

O‘ZBEKISTON KABI AQL BOVAR QILMAYDIGAN MAMLAKATLAR UMID BELGILARINI KO‘RSATADI

Xyu UILYAMSON,
“Human Rights Watch” xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori:

— O‘zbekistonda kutilmagan darajadagi yaxshi o‘zgarishlar bo‘lmoqda. O‘zining Samarqand va Buxoro kabi afsonaviy Ipak Yo‘li shaharlari bilan mashhur bo‘lgan bu Markaziy Osiyo davlatida bir necha o‘n yillar davomida inson huquqlari bo‘yicha vaziyat dunyodagi eng yomonlaridan biri edi. Qiynoq va siyosiy mahbuslarni qamoqqa olish oddiy hol edi.

Inson huquqlari nuqtai nazaridan ko‘p davlatlar noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgan bir paytda, baʼzan O‘zbekiston kabi aql bovar qilmaydigan mamlakatlar umid belgilarini ko‘rsatadi.

2016-yildan mamlakat Prezidenti bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari borasida muhim yaxshi o‘zgarishlarni boshladi. O‘nlab siyosiy mahbuslarning ozod etilishi va mamlakatdagi har yilgi paxta terish mavsumida majburiy mehnatdan foydalanishga barham berilishi, boshqa qo‘yilayotgan qadamlar orasida, muhim ahamiyatga ega.

Aholisi 33 millionni tashkil qiladigan Markaziy Osiyodagi eng yirik mamlakat bo‘lmish O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘z-o‘zidan bu o‘zgarishlar doirasidan tashqarida bo‘lgan sabablar tufayli ham Germaniya uchun muhim hisoblanadi. O‘zbekiston ikki yil ichida bosib o‘tgan masofa, uning Rossiya, Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi strategik joylashuvi, hamda Berlinning Toshkent bilan bo‘lgan baʼzan ziddiyatli aloqalari bunda alohidalik kasb etadi.

Bunda, albatta, ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki Mirziyoyevning islohotlari jarayonida tashabbus to‘laligicha yuqoridan quyiga berilmoqda, shuning uchun u to‘xtatilishi yoki ortga qarab ketishi mumkin. Shunga qaramay, O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar Germaniyadagi siyosatdonlar, tadbirkorlar va boshqalarga baʼzi bir saboqlarni taklif qiladi.


0
Похожие новости