2020-yilning 15-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida aks etgan ustuvor yo'nalishlar muhokamasiga bag'ishlangan «davra suhbati» bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va YeXHTning O'zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan tashkil etildi.
Unda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud rahbarlari, xorij davlatlari elchilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalqaro tashkilotlar va vakolatxonalar rahbarlari, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, mahalliy va xorij OAV vakillari ishtirok etishdi.
Oliy sud raisi o'rinbosari I.Muslimov o'z ma'ruzasida sud-huquq tizimida tarixiy o'zgarishlar amalga oshirilgani va ushbu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash orqali Konstitutsiyada mustahkamlangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda kafolatlashdan iborat ekanligini ta'kidladi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidovning aytishicha, bu yil jahon hamjamiyati 1985-yilda Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlangan sud organlari mustaqilligi asosiy tamoyillarining 35 yilligini hamda yuristlar roliga oid Asosiy tamoyillarning 30 yilligini nishonlamoqda. Odil sudlov sohasidagi xalqaro standartlarni milliy amaliyotga tatbiq etish maqsadida Harakatlar strategiyasi doirasida sud-huquq islohoti amalga oshirilmoqda va sudlar mustaqilligini kuchaytirish choralari ko'rilmoqda.
YeXHTning O'zbekistondagi loyihalar Koordinatori va respublikada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus tomonidan ta'kidlandiki, har bir davlat o'z rivojlanish yo'lini, asosiy qonunidagi eng muhim maqsad va vazifalarni, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar fuqarolarning tengligi kafolatlarini belgilaydi va shu orqali zamonaviy demokratik taraqqiyot poydevorini yaratadi.
Davra suhbati ishtirokchilari Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta'minlash huquqiy demokratik davlat qurishning eng muhim mezoni ekanligini ta'kidlab o'tishdi. Bu – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan aktlar, barcha darajadagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga qat'iy va so'zsiz rioya qilishdir.
Shu munosabat bilan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tadbir ishtirokchilari e'tiborini jamoatchilik fikrini o'rganish institutidan faqatgina sanoqli nodavlat tashkilotlar foydanayotganliglariga qaratdi.
– Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga daxldorlik hissining ortishi hamda har bir davlat xizmatchisining o'z faoliyati jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonining muhim shartlaridandir. Ya'ni, davlat organlari aholiga o'z siyosati, harakatlarini tushuntirib berishi, xalq oldida muntazam ravishda hisobot berib borishi bugungi zamon talabidir. Xulosa shuki, «davlat hokimiyati» va «jamoatchilik nazorati» bir-birini to'ldiruvchi tushunchalardir. Davlat hokimiyati va jamoatchilik nazoratining birligi xalqning hokimiyatdan, hokimiyatning xalqdan begonalashuvining oldini olib, ozchilik va ko'pchilik despotizmiga yo'l qo'ymaydi. Davlat hokimiyati va jamoatchilik nazoratining uyg'unligini ta'minlash demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Helena FREYZER, BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili
– Haqiqatdan ham O'zbekiston Prezidenti Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida o'z xalqiga ajoyib nutq bilan murojaat qildi. Aytishim kerakki, ayni damda mamlakatingizda bo'layotgan barcha islohotlar u iqtisodiy-ijtimoiy hayotda yoki sud-huquq tizimida bo'ladimi, ular albatta xalq tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerak.
Jamoatchilik nazorati – o'ziga xos kuchli mexanizm. Aynan u mavjud islohotlarning davomiyligini ta'minlab beruvchi vositadir. Shuning uchun ham nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari xodimlarining balki oddiy xalqning ham huquqiy ongpni shakllantirish zarur deb hisoblayman. Chunki insonlar qanchalik o'z xaq-huquqlarini yahshi bilishsa, shunchalik qonunbuzilish holatlari ro'y bermaydi.
Gyunter Overfeld, Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
- Germaniya O'zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarni 10 yildan ortiq davr mobaynida qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Aytishim kerakki, sud tizimidagi islohotlarning aynan O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilganlari tizimdagi ko'p elementlarning faqat bittasi emas, balki butun islohot jarayonining markazida joylashgan bir unsur deb hisoblayman.
Prezident o'z ma'ruzasida shuni aytib o'tdiki, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatining muvaffaqiyati ko'p holatlarda aynan Konstitutsiyaga amal qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash bilan bog'liq. Haqiqatdan ham bu yo'nalishda ko'p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, sud xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Harakatlar strategiyasi, davriy hisobotlarni ishlab chiqish bo'yicha tadbirlar juda muhim hisoblanadi.
Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili
- BMTning Taraqqiyot dasturi nomidan tashkilotimiz O'zbekistonda hozirda sud-huquq ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini yana bir bor ta'kidlab o'tmoqchiman. Ma'lumki, O'zbekiston hukumati va Oliy sud bilan bir necha yo'nalishlarda sudyalarning mustaqilligi, sud tizimining shaffofligi va sud vakolatlari yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borayapmiz va USAID va Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Demak sud tizimining mustaqilligini ta'minlash ham bizning hamkorligimiz doirasida nihoyatda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Aytishim kerakki, tizimda yanada takomillashtirilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar ham mavjud. Avvalambor, bu inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalarning me'yor va normalarini mamlakatda yanada to'laqonli amalga oshirilishi masalasi, bunda advokatlar mustaqilligini ta'minlash ham juda muhim. Bundan tashqari, sud tizimida cheklovlar va muvozanat tizimini amalga tadbiq etish ham dolzarb hisoblanadi.
Deniyel ROZENBLYUM, AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi
- Sud-huquq sohasida AQSH tajribasiga to'htaladigan bo'lsam, umuman olganda qonun ustuvorligini ta'minlash konsepsiyasi Amerika hayotida nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Lekin u konsepsiya Amerikaning o'zida ham tahminan 240 yil oldin paydo bo'lgan va bu konsepsiyaga asos solgan shaxslarga nisbatan aynan mamlakatimizga asos solgan otalar deb murojaat qilamiz. Avvalambor, bu konsepsiya – huquq vakili bo'lmish insonlar kamchilikni, xalq esa ko'pchilikni ifodalaydi degan bir fikrdan kelib chiqqan. Hukumatda bo'lgan kamchilik o'zining manfaatlarini ilgari surish, himoyalash va amalga tadbiq etish yo'lida ko'pchilikning manfaatlariga zid va qarshi ravishda harakatlanishi mumkin. Shuning uchun ham biz mamlakatimiz gullab-yashnashi va barqaror rivojlanishi uchun hukumatda alohida bir shaxslarni, yetakchilarni qo'llab-quvvatlashimiz emas, balki mamlakatda huquq ustuvorligini ta'minlovchi tizimlarni shakllantirishimiz kerak va bu tizimlarni amalga tadbiq etishimiz lozim, degan hulosaga kelganmiz.
Tadbir davomida fuqarolarning mulkiy huquqi daxlsizligi va u har doim davlat himoyasida ekani qayd etildi. Kelgusida tadbirkorlik sub'ektlarining mulkiy huquqlarini qonunga xilof ravishda cheklash bilan bog'liq ishlar aniqlangan taqdirda, Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkor manfaati uchun sudga murojaat qilish huquqini berish, qolaversa, hokimlarning tegishli hududlarda yer uchastkalari berish to'g'risidagi qarorlarini e'lon qilish tartibi o'rnatiladi.
Shuningdek, tadbirda Konstitutsiyaga ko'ra sudlar o'z faoliyatida mustaqil ekanliklari, ammo bu sohadagi haqiqiy nazoratni xalq amalga oshirishi lozimligi alohida ta'kidlandi. «Sudlar va tergov organlari, muayyan ish bo'yicha qarorlar qabul qilayotganda fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga javoban tushuntirish va huquqiy izohlar berishlari shart» degan tavsiyaga yuqori baho berildi.
Tadbir so'nggida BMTning qiynoqlarga qarshi va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlariga qarshi Konvensiyasi qoidalarini bajarish bo'yicha O'zbekistonning Beshinchi davriy ma'ruzasi bo'yicha BMT qo'mitasining qiynoqlarga qarshi ishida O'zbekiston delegatsiyasining ishtiroki yakunlariga bag'ishlangan taqdimoti bo'lib o'tdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati