• О'zbek
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Eldor Tulyakov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga jo‘nab ketdi


2020-yilning 24-26 fevral kunlari «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori E.Tulyakov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining o‘rinbosari U.Abidxo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti markazi rahbari B.Mustafoyevdan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan bir qator uchrashuvlar hamda davra suhbatlarida ishtirok etishadi.

Safar davomida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner, iqtisodiyot va tashqi savdoni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha Federal uyushma boshqaruvi raisi M.Shumann hamda fan va siyosat jamg’armasi – xalqaro siyosat va xavfsizlik instituti rahbari F.Pertesom bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi fond vakillari bilan ham alohida muzokaralar otkazish kozda tutilgan. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida «Yangi O‘zbekiston sari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Barcha uchrashuv va davra suhbatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan har yili Oliy Majlisga yo‘llanadigan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining ichki rivojlanishi va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
 

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Axborot xizmati