• О'zbek
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Qamoqxonalar va tergov hibsxonalaridagi qanday maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi?

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi – qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2020-yil 22-may kuni “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati