Qarorga sharh
Bugungi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha sohalarga keng joriy etilib, insoniyat hayot tarziga jadal kirib bormoqda. Bu yo'nalishda samarali ishlarga qo'l urayotgan davlatlar tez taraqqiy etayotgani kuzatilmoqda.
Shu bois mamlakatimizda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e'lon qilingan joriy yilda barcha soha va tarmoqlarda raqamli texnologiyalarning ilg'or yutuqlaridan keng ko'lamda foydalanishga qaratilgan sa'y-harakatlar izchil amalga oshirib borilmoqda.
Xususan, odamlar eng ko'p murojaat qiladigan sohalardan biri — sud tizimida ham raqamlashtirish siyosatini jadal amalga oshirish, bu orqali aholining og'irini yengil qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish hamda byurokratiya va korruptsiya holatlarini kamaytirish, xizmatlar ko'rsatishni tezlashtirish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda odil sudlovga erishish, insonning o'z qonuniy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qila olish imkoni butun dunyo bo'ylab dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Yetakchi xalqaro tashkilotlar, jumladan, World Justice Project tahlillariga asosan, dunyoda 1,5 milliarddan ortiq inson odil sudlovga erisha olmay kelmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan cheklovlar, karantin choralari bu muammoni yanada o'tkirlashtirdi. Shu bilan birga, pandemiya sharoitida vujudga kelgan vaziyat ko'p jihatdan raqamli texnologiyalarning ahamiyati va ularni turli sohalarga keng joriy etishning imkoniyatlari va dolzarbligini yana bir bor ko'rsatib berdi. Yuzaga kelgan holat yangicha sharoitlarda ishlash, shu jumladan, sud tizimining samaradorligini oshirishda yangi qirralarni ochdi.
Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, sud-huquq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish odil sudlovni amalga oshirish, tizimning shaffofligi va samaradorligini oshirishda tamal toshi hisoblanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada ish yuritishning raqamli infrastrukturasiga o'tish dasturi (HM Courts&Tribunals Service Digital Case System) natijasida 2015 yildan beri ishlatilgan qog'oz hajmini 500 tonnaga kamaytirish, da'vo arizasini topshirish vaqtini 15 ish kunidan 10 daqiqagacha qisqartirishga erishilgan. Ekspertlar fikriga ko'ra, 2023 yilga kelib, yiliga 2 milliondan ortiq ishlar real sud majlislar zalidan tashqarida o'tkazilishi orqali 244 mln. funt tejab qolinadi. Buyuk Britaniyadagi CaseLines raqamli hujjatlar almashinuvi tizimi samarasi o'laroq, Qirollik sudida majlislar hajmi 50 foizga qisqarishiga erishilgan. Bugungi kunda Singapur sudlaridagi hujjatlar almashinuvining 84 foizi elektron texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda, 400 ga yaqin yuridik firmalar esa yagona ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega. Videokonferensiya aloqasi Vengriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Irlandiya, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Kanada kabi yetakchi davlatlar sudlarida keng ishlatilmoqda. Shuningdek, Dubay xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) va Smart Dubai birgalikda blokcheyn texnologiyasi asosida hujjatlar almashinuvi orqali ishlaydigan sud tizimini yaratish borasida hamkorlik qilmoqda.
Shu o'rinda, mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ham jahon andozalari talablari asosida ekanini qayd etish lozim.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham sud tizimining samaradorligini oshirish, sudning aholi uchun ochiq va shaffofligini ta'minlash bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergani bilan ham ahamiyatga molikdir.
Qaror bilan 2020 — 2023 yillarda sudlar faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangandi. Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlarga ko'rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar ko'paytiriladi, har bir murojaatni ko'rib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish ta'minlanib, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Qarorga muvofiq, sudlar faoliyatini raqamlashtirish jarayonida:
– 2021 yil 1 yanvardan sudlarda sud majlisi taraflarning iltimosi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi hamda sud majlisi bayoni shulardan foydalangan holda shakllantiriladi;
– 2021 yil 1 iyuldan apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlarida ishlar sudyalar o'rtasida avtomatik ravishda taqsimlanadi;
– 2021 yil 1 oktyabrdan barcha ishtirokchilar sud majlisining vaqti va joyi haqida SMS xabar orqali bepul xabardor qilinadi;
– 2022 yil 1 yanvardan sud qarorlari taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosi bo'yicha esa qog'oz shaklida taqdim etiladi;
– 2022 yil 1 iyulga qadar sudlar faoliyatida qulaylik yaratish maqsadida o'nga yaqin interaktiv xizmat yo'lga qo'yiladi;
– 2023 yil 1 yanvardan sud ishlari davlat arxiviga elektron shaklda topshiriladi va qabul qilinadi;
– sudlar, Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi yaxshilanadi.
Bundan tashqari, mazkur Qarorda 2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi:
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyatlar, xo'jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da'vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish;
– manfaatdor shaxslar tomonidan da'vo, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish;
– sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma'lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish;
– sud hujjatlarini avtomatik ravishda shakllantirish.
Qarorda 2020 yil yakuniga qadar sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dastur ishlab chiqilishi masalasi ham nazarda tutildi.
Shuningdek, sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish rejasi bo'yicha quyidagi vazifalar nazarda tutilmoqda:
– 28 ta davlat organi va tashkiloti, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi axborot tizimlarini Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulash;
– sudlar davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etadigan ma'lumotlarni elektron shaklda yuborish;
– muayyan ishni ko'rish jarayonida zarur bo'lgan ma'lumot va hujjatlarni bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish;
– sudlar tomonidan jarimalarni kamaytirish yoki ularni qo'llamaslik masalasini ko'rib chiqishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va boshqa axborot tizimlari orqali fuqaroning mulkiy va ijtimoiy ahvoli haqidagi ishonchli ma'lumotlar bilan tanishish;
– sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlardagi o'rtacha oylik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish.
Shu bilan birga, Oliy sudning axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Shu orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi ma'lumotlar sudlarning elektron so'rovi bo'yicha bepul taqdim etiladi.
Qaror bilan sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlar kesimida o'rtacha oylik ish haqlari to'g'risida ma'lumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish kabi choralarni o'z ichiga olgan Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha “yo'l xaritasi” ham tasdiqlandi.
Xulosa o'rnida aytganda, mazkur Qarordan ko'zlangan asosiy maqsad — sud tizimiga raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish orqali sudlarda ish yuritish tizimini zamonaviylashtirish, shuningdek, fuqarolar, tadbirkorlar va yuridik shaxslarning huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo'lgan ishonchini qat'iy mustahkamlash, sudni tom ma'noda “Adolat qo'rg'oni”ga aylantirishdan iboratdir.
Zohidjon ZARIFOV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi