• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Koronavirusni aniqlashda ishlatiladigan 9 600 donadan ortiq еxpress -test “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan olib kelindi

Joriy yilning 19-avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziga koronavirus va antitelalarni aniqlaydigan 9 600 donadan ortiq еxpress -test lar topshirildi.

Ushbu еxpress-testlar markazning xorijiy hamkori tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga beg‘araz taqdim qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonga olib kelindi.

Tadbirda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov tomonidan bunday еxpress-testlar bugungi pandemiya sharoitida operativlikni ta’minlab, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni qisqa muddatlarda ko‘rish imkoniyatini berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbariyati tomonidan ushbu еxpress-testlarning mamlakatning 14 ta hududiga tegishliligicha taqsimoti ta’minlanib, davlat tibbiyot muassasalarida maqsadli ishlatilishiga kafolat berildi.

Tadbir yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va uning xorijdagi hamkorlariga ushbu xayrli tashabbus uchun minnatdorchilik bildirildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati