• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2024-YILGI DAVLAT DASTURI LOYIHASI UMUMXALQ MUHOKAMASI UCHUN EʼLON QILINDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Oʻzbekiston–2030» strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganini eʼlon qiladi.

Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030» strategiyasining 5 ta yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlashijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2024-yilga moʻljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar oʻz takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati