• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

SERGELI VA YANGIHAYOT TUMANLARIDA ISLOHOTLAR IJROSI TAHLIL QILINDI

Toşkent şahrida tibbiy xizmatlarni raqamlaştiriş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va jamoat transportini yangilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari tomonidan körib çiqildi. 2026-yil 24–27-noyabr kunlari ötkazilgan örganişlar doirasida “Özbekiston – 2030” strategiyasi va joriy yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylarda qanday amalga oşirilayotganiga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, Sergeli tumanidagi köp tarmoqli markaziy poliklinika hamda 71-son oilaviy poliklinika filialida tibbiy kartalarni elektron şaklga ötkaziş, axborot tizimlarini özaro integratsiya qiliş va tibbiyot muassasalari infratuzilmasini yaxşilaş böyiça işlar örganildi. Şuningdek, Markaz vakillari “Raqamli soğliqni saqlaş” yagona platformasining joylarda qanday işlayotgani va aholiga qanday qulayliklar yaratayotgani bilan tanişdilar.

Maktabgaça taʼlim yönalişida tumandagi 101 va 96-son davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati körib çiqildi. Bunda 3–6 yoşli bolalarning maktabgaça taʼlim bilan qamrovi, tarbiyalanuvçilar va navbatda turgan bolalar soniga oid maʼlumotlar tahlil qilindi.

Sergeli tumanining “Yuqori Darxon” hamda Yangihayot tumanining “Döstlik” va “Xuşnud” mahallalarida xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlari faoliyati örganildi. Xususan, “Döstlik” mahallasida tadbirkor ayol öz taşabbusi bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan ayollar hamda nogironligi bölgan farzandlarni parvarişlayotgan ayollar uçun massaj böyiça bepul öquv kurslarini taşkil etayotgani qayd etildi.

Şuningdek, Sergeli tumanining “Eşonbuloq” va “Kengmakon” mahallalarida “mahalla yettiligi”ning aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş va ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça işlari körib çiqildi. Yangihayot tumanida esa aholi muammolarini “Raqamli mahalla” platformasi orqali teg işli idoralarga yönaltiriş va ularning hal etilişini kuzatib boriş tartibiga eʼtibor qaratildi.

Ekologiya yönalişida Markaz vakillari Sergeli tumanining “Izzatli” mahallasidagi “Yaşil boğlar” hududida böldilar. Yangihayot tumanida esa yaşil maydonlarni kengaytiriş va soya-salqin sayr köçalarini barpo etiş jarayoni, xususan, “Oriyat” va “Yangi hayot” mahallalaridan ötuvçi Qörğontepa 1-tor köçasidagi obodonlaştiriş işlari örganildi.

Şahar miqyosida jamoat transporti parkini yangilaş, yangi avtobus va elektrobuslarni yönalişlarga jalb etiş, elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolçilarga yetkazib berişdagi yöqotişlarni kamaytiriş böyiça vazifalar ijrosi ham körib çiqildi.

Örganiş davomida amalga oşirilgan işlar bilan bir qatorda, belgilangan vazifalar ijrosida uçrayotgan muammolar ham aniqlanib, ularni hal etiş yuzasidan masʼul taşkilotlar vakillari bilan fikr almaşildi. Natijalar asosida aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş hamda “Özbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturi ijrosini samarali taşkil etiş böyiça taklif va tavsiyalar şakllantiriladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati