• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ÖZBEKISTON DELEGATSIYASINING PEKINGA TAŞRIFI: HAMKORLIK VA EKSPERT MULOQOTI YANGI BOSQIÇDA

28–30-oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi Pekin şahrida bölib, Xitoy Xalq Respublikasining partiya tuzilmalari va yetakçi tahlil markazlari rahbariyati bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi.

Taşrif ikki mamlakat örtasida har tomonlama strategik şeriklik örnatilganining 10 yilligiga töğri keldi. U 2027-yil 2-yanvarda nişonlanadigan diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligi arafasida ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Taşrif doirasida delegatsiya Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qömitasi Tarğibot bölimi boşliği Li Şuley bilan uçraşdi. Muloqotda Özbekiston–Xitoy munosabatlari barça yönalişlarda “oltin davr”ni boşdan keçirayotgani taʼkidlandi. Tomonlar diplomatik munosabatlarning 35 yilligi munosabati bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, turizm va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

“Bir makon, bir yöl” taşabbusi, “Özbekiston — 2030” strategiyasi va KXRning 15-beşyillik rejasini uyğunlaştiriş doirasida tahlil markazlari hamkorligini kuçaytiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

XKP Markaziy qömitasi Xalqaro aloqalar bölimi boşliği Lyu Xaysin bilan uçraşuvda parlamentlararo va partiyalararo aloqalarni mustahkamlaş, ilmiy-tadqiqot tuzilmalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş hamda mahalliy boşqaruv sohasida tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda “Özbekiston — 2030” strategiyasi va KXRning 15-beşyillik rejasi mazmunini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida qöşma konferensiyalar va ekspert muhokamalari ötkaziş masalasi körib çiqildi. Özbek va xitoy tillarida qöşma maqolalar va infografikalar tayyorlaş ham taklif etildi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi prezidenti Fu Syaotsyan bilan uçraşuvda Akademiya Özbekistonning yetakçi tahlil markazlari, jumladan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan istiqbolli hamkorlik örnatişdan manfaatdor ekani bildirildi. Qöşma tadqiqotlar uçun özini özi boşqariş organlari faoliyatini takomillaştiriş, yoşlar siyosati va mahalla institutini rivojlantiriş mavzulari taklif etildi.

KXR Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi prezidenti Çen Bo bilan uçraşuvda tahlil markazlari örtasida hamkorlikni çuqurlaştiriş, özaro qiziqiş uyğotadigan mavzularda qöşma tadqiqotlar ötkaziş hamda olimlar va yoşlar almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

KXR Davlat kengaşi huzuridagi Taraqqiyot tadqiqot markazi rahbari Lu Xao bilan uçraşuvda iqtisodiyot, innovatsion tarmoqlar va suv xavfsizligi sohalarida qöşma tadqiqotlar ötkaziş istiqbollari körib çiqildi. Xitoy tomoni Özbekiston tahlil markazlari bilan hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini aniqlaş uçun muloqotni davom ettirişni taklif etdi.

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori, akademik Sun Çjuançji bilan uçraşuvda davlat boşqaruvi sohasidagi tajribani özaro örganiş, tahlil markazlari örtasida doimiy muloqot mexanizmini yaratiş hamda ilmiy-ekspert almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati