• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2020-YILGI DAVLAT DASTURINING 9 TA BANDI IJROSI MUDDATIDAN OLDIN TAʼMINLANDI

(2020-yil, 30-iyun holatiga)

Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2020-yil mobaynida jami 284 ta band, jumladan joriy yilning 6 oyi (yanvar-iyun oylari) davomida esa 117 ta  banddagi 118 ta tadbirlarning (izoh: 87-bandda 2 ta chora-tadbir belgilangan) amalga oshirilishi belgilangan.

To‘liq ijro etilgan bandlar bo‘yicha

2020-yil 30-iyun holatiga Davlat dasturining 70 ta bandi (9 ta band muddatidan oldin) to‘liq ijro etildi.

Xususan, birinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 4 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi, Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori, 1 ta ichki normativ hujjat (Oliy Majlis Senatining qarori) qabul qilindi, shuningdek 1 ta amaliy chora-tadbirlar yakunlandi.

Ikkinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2 ta qonun, 4 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori qabul qilindi.

Uchinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 1 ta Oliy Majlis Palatalari Qarori, 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 4 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 1 ta ichki normativ hujjat, Vazirlar Mahkamasining 5 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilindi, Shuningdek, 7 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi, 3 ta amaliy chora-tadbirlar yakunlanib, 2 ta axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlanib, taqdim etildi.

To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 5 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ishlab chiqildi, 12 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori qabul qilindi, shuningdek 1 ta idoralararo normativ hujjat qabul qilindi.

Beshinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1 ta farmoyishi va 2 ta qarori qabul qilingan. Shu bilan birga, 6 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

Muddati uzaytirilgan bandlar bo‘yicha

Davlat dasturidagi ayrim bandlarning bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha muddat talab etilgani hamda sharoit va holatga bog‘liq bo‘lgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi hisobga olinib, 13 ta band bo‘yicha ishlarni davom ettirish va ko‘zlangan maqsadga erishish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muddati uzaytirildi.

Normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilinmagan bandlar bo‘yicha

38 ta band bo‘yicha hujjatlar loyihalari masʼul vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, yuqori instansiyalarga kiritilgan.

Davlat dasturining bajarilgan bandlari bo‘yicha amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlar haqida tayyorlangan tahliliy maʼlumotni yaqin kunlarda strategy.uz rasmiy saytimizda eʼlon qilamiz.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati