O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2020-yilgi Davlat dasturining 133-bandi ijrosi taʼminlandi.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanmoqda.
Maʼlumot uchun: Hozirda foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51-53 milliard kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Farmon asosida 2030-yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish maqsad qilingan:
- sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
- suv taʼminoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
- sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
- Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish;
- barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
- 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
- suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.
Shuningdek, hujjatda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatida bajarilishini taʼminlash maqsadida Suv xo‘jaligi tizimida masʼul boshqarma tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Klasterlarga o‘z balansidagi qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, Farmon bilan konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi.
Hulosa o‘rnida aytish kerakki, mazkur konsepsiyaning amaliyotda to‘liq ishlashi Respublikada 2020-2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror taʼminlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati