• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

O‘ZBEKISTON – DUNYONING YETAKCHI “AQL MARKAZI” NIGOHIDA

1998-yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan Buyuk Britaniyaning xalqaro ishlar bo‘yicha Tashqi siyosat nodavlat tahliliy markazi – The Foreign Policy Centre jahon miqyosidagi yetakchi “Aql markaz”laridan biri hisoblanadi.

Markaz tomonidan butun dunyodagi ekspertlar, siyosatshunoslar, olimlar, mutaxassislar va barcha faol insonlarning g‘oyalari, intellektual salohiyatlari, tajriba va tadqiqotlarini o‘rtoqlashish uchun ochiq va keng, qulay maydon taqdim etib boriladi.

Tashqi siyosat markazi orqali eʼlon qilinadigan dunyo ekspertlarining fikr-mulohazalari Markaz jamoasi aʼzolarining aniq mavzularga yo‘naltirilgan tahlillari bilan muvofiqlashtirilgan holda chuqur tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Ushbu markaz saytida yuqori maqomga ega bo‘lgan, kuchli, salohiyatli va tajribali ekspertlarning tahliliy maqolalari muntazam ravishda joylashtirib boriladi.

Joriy yilning 14-iyul kuni ushbu nufuzli xalqaro Markaz saytida “Tarraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning “COVID-19: O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan choralar” ("COVID-19: Astions taken in Uzbekistan") nomli tahliliy maqolasi eʼlon qilindi.

Ushbu maqolaning o‘zbek tiliga tarjimasini eʼtiboringizga havola etmoqdamiz.

Tashqi siyosat markazi saytida eʼlon qilingan maqolaning ingliz tilidagi asli bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://fpc.org.uk/covid-19-actions-taken-in-uzbekistan/

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati