2020-yilning 16-iyul kuni Ipak yo‘li aql markazlari Assotsiatsiyasi (Silk road think tank association), Landjou Xitoy universitetining Bir makon bir yo‘l tadqiqot markazi va Xitoy zamonaviy xalqaro tadqiqotlar markazi (CCCWS) tomonidan “Bir makon, bir yo‘l: Osiyo davlatlarining pandemiyadan keyingi iqtisodiy holati va hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi onlayn xalqaro forum tashkil etildi.
Hozirgi kunda Ipak yo‘li aql markazlari Assotsiatsiyasi 140 ta Xitoy tadqiqot institutlari hamda «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini qo‘llab quvvatlovchi davlatlarning 122 ta xorijiy tahlil markazlarini birlashtirgan. Assotsiatsiyaning maqsadi - «Bir makon, bir yo‘l» mamlakatlarini o‘zaro bog‘lovchi mavjud iqtisodiy yo‘laklarni yana-da takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan strategik muhokamalar, siyosiy tahlil, loyihalarni baholash va muhokamalar uchun qulay platforma yaratishdan iborat.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan forumda asosiy eʼtibor karantin cheklovlari sabab yuzaga kelgan iqtisodiy, tranzit-logistika va boshqa muammolarni hal etishda Osiyo davlatlarining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligini kuchaytirish, mamlakatlarning Covid-19 bilan kurashish strategiyalarini tajriba almashish orqali o‘rganish hamda inqirozdan chiqish bo‘yicha qo‘llanilayotgan usullar, xususan ilg‘or innovatsion yechimlarni muhokama qilishga qaratildi. Unda Xitoy, Turkiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qozog‘iston, Afg‘oniston davlatlarining jami 30 dan ortiq ishtirokchilari qamrab olindi.
Forumda 10 dan ortiq nufuzli ekspertlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Strategiyasi”nomli maʼruza bilan ishtirok etdi. Eldor Tulyakov, o‘z so‘zida mamlakatda amalga oshirilgan umumiqtisodiy, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda eng ko‘p taʼsir ko‘rgan sohalarni qo‘llab-quvvatlash choralari haqida maʼlumot berdi.
Tadbir yakunida “Bir makon, bir yo‘l: Osiyo davlatlarining pandemiyadan keyingi iqtisodiy holati va hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida onlayn xalqaro forum tashkilotchilari, dunyoda COVID-19 xavfi bartaraf etilganidan so‘ng, Xitoyda «Bir makon, bir yo‘l» loyihasiga qo‘shilgan barcha mamlakatlar vakillari ishtirokida Xalqaro forum o‘tkazish rejalashtirilganini qayd etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati