Joriy yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasining videokonferensaloqa tarzida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisi, Respublika Gender komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva olib borgan yig‘ilishda senatorlar, Komissiya aʼzolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasining 2020-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari, Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazining joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomidagi faoliyati diqqat markazida bo‘ldi.
Taʼkidlanganidek, 2020-yilning yanvar-iyun oylari davomida Komissiya tomonidan gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida bir qator ishlar olib borilgan. Jumladan, Qonun hujjatlari xotin-qizlarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari kamsitilishiga oid standartlarga mosligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilindi.
Mamlakatimizda qabul qilinishi ko‘zda tutilgan har bir normativ-huquqiy hujjat loyihasining gender huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilishi bo‘yicha Nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari tashkil etildi. Ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Hozirda ushbu strategiya davlat va nodavlat tashkilotlari bilan kelishilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish borasida salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan ikki yil ichida xotin-qizlar safidan senator va deputatlar, vazir va idoralar rahbarlari, elchi va hokimlar chiqqanligi, ularning yuqori darajalarda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘layotganligidan dalolatdir.
Komissiya aʼzolari xotin-qizlar bandligi masalalarini ham muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda mamlakat Prezidenti tomonidan 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida bajariladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ular tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatishda ayrim muammo va kamchiliklar saqlanib qolinayotgani ham tanqidiy muhokama qilindi va ushbu markazlarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xizmat turlarini aks ettiruvchi Standart operatsion choralarni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ekspert ishchi guruhi tomonidan tuzilgan ish rejasi asosida ishlab chiqilgan hujjat taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Manba: senat.uz