“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan boshlangan joriy yilgi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan media-kampaniya davom etmoqda.
2020-yil 23-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Konrad Adenauer jamg‘armasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning yarim yillik ijrosi natijalariga bag‘ishlangan xalqaro onlayn davra suhbati videokonferensiya shaklida tashkil etildi.
Xalqaro onlayn tadbirda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati aʼzolari, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar elchixonalari va diplomatik korpus vakillari, xorijiy ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Videokonferensiyaga moderatorlik qilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, bunda alohida eʼtiborni mamlakatda yangi institut – Jamoatchilik palatasi tashkil etilganiga qaratdi.
– «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki ko‘lamini kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, fuqarolar, jamiyat va davlatning o‘zaro yaqin hamkorligini o‘rnatish, shuningdek davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi.
Darhaqiqat, davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishi, pirovardida, mamlakatning jadal taraqqiy etishida jamoatchilik nazorati omilining o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasining Prezident huzurida mutlaqo yangi institut sifatida tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad ham, fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat birligini mustahkamlash orqali xalqning hokimiyatdan, hokimiyatning xalqdan uzoqlashishining oldini olish, Konstitutsiyamizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi prinsipini amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Elchi Jon MakGregor O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining ahamiyati haqida gapirar ekan, uni YeXHT doirasidagi majburiyatlar bilan taqqoslab ko‘rilganida, 90 foiz holatda bir-biri bilan muvofiq ekani aniqlanganini qayd etdi. Shuningdek, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori idorasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda bu kabi ekspertlik muhokamalarni izchil ravishda yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi.
Maʼlumki, bu yilgi Davlat dasturining birinchi yo‘nalishida 38 ta banddan iborat chora-tadbirlarni bajarish belgilangan. Yarim yillik sarhisobi bu borada islohotlar amalga oshirilganini ko‘rsatdi.
Jumladan, Senatning Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda nazorat olib borish faoliyatini kuchaytirish, davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida senatorlarga professional va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmatini tashkil etish maqsadida Senat tarkibida Davlat byudjeti, pul-kredit siyosati va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi tashkil qilindi.
Shu qatorda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarning faolligini oshirish maqsadida O‘zLiDeP, O‘zMTDP, “Adolat” SDP, O‘zXDP va Ekologik partiya fraksiyalarining saylovoldi uchrashuvlarda aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha aniq dastur va “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot tizimi – “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini moddiy-texnik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar belgilab olindi.
Onlayn davra suhbati davomida deputat va senatorlar ham so‘zga chiqib, 2020-yilgi Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni taqdim etishdi va bu borada parlament nazorati taʼminlanganligini taʼkidlab o‘tishdi.
2020-yilgi Davlat dasturining 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar vakolatli organ va tashkilotlarga tegishli tartibda taqdim etiladi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati