• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

DIQQAT, BARCHA NNTLARNI HAMKORLIKKA CHAQIRAMIZ!

Siz NNTda faoliyat yuritasizmi?

COVID-19ning tashkilotingizga umumiy taʼsiri qanday?

Hozir NNTlar yordamga muhtojmi?

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma hamkorligidagi yangi loyiha.

NNTlar faoliyatini pandemiya sharoitida o‘rganish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida xorijiy tajribani tahlil qilish va bu borada uchinchi sektor vakillari bilan birga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida «Pandemiyaning O‘zbekistondagi NNTlar faoliyatiga taʼsiri» mavzusida tadqiqot o‘tkazilmoqda.

Diqqat, barcha NNTlarni hamkorlikka chaqiramiz!

Loyihaning dastlabki bosqichida nodavlat sektor faoliyatida yuzaga kelgan moliyaviy, huquqiy va ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida NNTlar orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda.

ngo.strategy.uz saytiga kirib, barcha savollarga javob bering hamda koronavirus sabab ko‘plab davlatlarga xavf tug‘dirayotgan iqtisodiy inqirozdan nodavlat notijorat tashkilotlarini turli yo‘qotish va sustkashliklarsiz olib chiqish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni qoldiring.

Unutmang! Sizning tajribangiz uchinchi sektorning istiqboli uchun asqotishi mumkin.

Olingan barcha maʼlumotlar faqat umumiy kontekstda qayta ishlanishiga va sir saqlanishiga kafolat beramiz.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati