Joriy yilning 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, F.Ebert nomidagi Fond hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Odil sudlov samarasini oshirish – davr talabi” mavzusidagi o‘zbek-nemis davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Eldor Tulyakov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
- Harakatlar strategiyasi amalga oshirib borilayotganidan buyon o‘tgan salkam 4 yillik jarayonga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda sudlar «adolat qo‘rg‘oniga aylanishi lozim», degan tamoyil davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, bu tamoyil real hayotimizda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Bu borada, eng avvalo, Davlat rahbarining tashabbusi bilan cud tizimida dolzarb o‘zgarishlar, muhim yangilanishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, yagona sud amaliyoti shakllantirildi. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlashda oshkora va muqobil tanlov tizimi yaratildi. Sudya lavozimiga muddatsiz tayinlash amaliyoti joriy qilindi.
Sudyalar oldiga xalq bilan muloqot qilish, joylarga borib odamlar dardiga quloq tutish, manfaatlarini himoya qilish topshirildi.
Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsadi Davlat rahbarining “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini mahalliy va xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir. Sababi, ushbu hujjat sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilishga, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo‘lishini taʼminlashga, shuningdek sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, ushbu Farmonda viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish belgilangan. Bu esa fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini himoya qilishlari uchun sudlovga tegishlilik qoidalarining bir muncha murakkabligi bois, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan maʼmuriy sudlarga, maʼmuriy sudlardan iqtisodiy sudlarga qayta-qayta murojaat qilish holatlariga chek qo‘ydi. Aytish joizki, Fransiya, Italiya, Kanada, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Belarus kabi rivojlangan davlatlarda ham yagona sud amaliyoti shakllantirilgan.
Shuningdek, sud tergovi jarayonida inson huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanligi tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat sudlarida dastlabki eshituv bosqichi joriy etildi. Mazkur institut AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya shu jumladan MDH mamlakatlarida ham joriy etilgan. Xalqaro davra suhbatida Germaniyadan onlayn ishtirok etgan siyosiy va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, advokat Gerd Velling ham aynan dastlabki tinglovlardagi Germaniya tajribasi bo‘yicha maʼruza qildi.
Shuningdek, tadbirda Yevropa Ittifoqi tajribasi misolida korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolar huquqlarining taʼminlanishidagi o‘rni, maʼmuriy ish yuritishni isloh etilishining biznes va iqtisodiyot uchun ahamiyati, sud tizimining shaffofligini taʼminlash inson huquq va erkinliklarining himoyasida alohida o‘rin tutishiga doir maʼruzalar tinglandi va o‘zaro tajriba almashildi.
O‘zbekistonlik soha mutaxassislari ham sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da kengroq joriy etish bo‘yicha maxsus Dastur ishlab chiqilayotgani hamda unga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar sudlar faoliyatida “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etilishi haqida maʼlumot berishdi.
Taʼkidlanishicha, tizim orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlik tuzilmalari hamda advokatlar sudlarga faqat elektron shaklda murojaat qilish imkoni yaratiladi Joriy yil yakuniga qadar barcha sudlarda sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda majburiy qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda yuritish tartibi joriy etiladi.
Davra suhbati qizg‘in bahs-munozaralar, taklif-mulohazalar, savol-javoblarga boy tarzda kechdi. Davra suhbati o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati