• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA QONUN OSTI HUJJATI LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

Yangi taxrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 7 avgust kunidagi SQ-110-IV-son Qarorining 3,4-bandlariga asosan, “Odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish mexanizmi” haqida ishlab chiqilgan qonunosti hujjatlari loyihasini muhokama qilish maqsadida, joriy yilning 24 sentyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi binosida Ichki ishlar vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi tomonidan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi aʼzolari, nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokida (hududiy komissiyalar va xalqaro ekspertlar onlayn tarzda) davra suhbati o‘tkazildi.
 BMT maʼlumotlariga ko‘ra, har yili jahonda taxminan 2 million 800 ming kishi mazkur jinoyat qurboniga aylanmoqda. Afsuski, jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi. Ayrim kishilarning ishonuvchanligi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, bu jinoyatning ommalashuviga sabab bo‘lmoqda.

Tadbirni kirish so‘zi bilan “Tarraqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.S.Tulyakov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi tashkil etilgangan davra-suhbati yangi tahrirda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda odam savdosi jabrdiydalarini  identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish mexanizmi haqida qonun osti hujjati loyihasi muhokama qilish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlanganini qayd etdi.

“Tarraqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.S.Tulyakov

- Farmoniga muvofiq, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  Harakatlar strategiyasi  bo‘yicha belgilangan vazifalar amalga oshirish maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi va uning asosiy vazifalari belgilandi. Mazkur komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.

Albatta, bu ishda birgina huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa tegishli idoralar tomonidan ko‘rilayotgan choralar va amalga oshirilayotgan ishlarning o‘zi kamlik qiladi. Bu borada barcha davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari birgalikda faoliyat olib borishi lozim.

So‘ng so‘zni, Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi masʼul kotibi – U.A.Gaynazarovga berdi. Maʼruzachi o‘z maʼruzasida, Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi tomonidan kelgusida  amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tdi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish bu o‘zi nima?

Qonunning 3 moddasiga binoan, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish — jismoniy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi to‘g‘risida yoki sodir etish niyati haqida maʼlumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.

Yangi tahrirdagi Qonunda “Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni himoya qilish yuzasidan davlat organlarining hamkorligi” 4 bobida jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish mexanizmlari yoritib berilgan.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, aniqlash va ularga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • dastlabki identifikatsiya qilish — odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
  • yakuniy identifikatsiya qilish — odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalar tomonidan.  
  • Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yo‘naltirish mexanizmi nima o‘zi?
  • Qonunning 24 moddasiga binoan, odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yo‘naltirish davlat organlarining odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishga doir hamkorligi tizimidan iboratdir. Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
  • Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi masʼul xodimlari kelib tushgan savollarga javob berib, qonun osti hujjati loyihasi bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bildirilgan qo‘shimcha va takliflar maʼlumot uchun qabul qilindi.

“Tarraqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati